O‘zbekistonda hafta boshi quruq, ammo sovuq (aholi kuchli sovuqlik stresslariga to‘qnash kelishi mumkin), o‘rtalari biroz bulutli va yog‘inli (asosan qor) bo‘lishi, dam olish kunlari esa quruq va haroratning biroz ko‘tarilishi kutiladi. Xususan, O‘zbekiston janubida kunduzi +15 darajagacha iliq bo‘lishi mumkin.
OTM talabalari va texnikum, kasb-hunar maktabi, akademik litseylar o‘quvchilari 25-dekabrdan qishki ta’tilga chiqadi. Darslar 8-yanvardan boshlanadi.
Uchta viloyatning 12 ta tuman va shahri hokimi elektr energiyasi va gazni tejash bo‘yicha rejalarni buzgani, ulardan foydalanish limitlarini oshirgani uchun hayfsan oldi. Energiya resurslari talon-toroj qilingani uchun 2 hokim va 3 hokim o‘rinbosari jazolandi. “O‘zbekko‘mir” rahbari o‘rinbosari ham jazo oldi.
Qator hududlar aholisi gaz bilan ta’minlanmagan va qishda elektrdan isitish uchun foydalanishga majbur bo‘lmoqda, dedi deputat Doniyor G‘aniyev. U hukumatdan qishki davr uchun ijtimoiy normani (hozir oyiga 200 kVt/soat) oshirishni so‘radi. Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov masalani o‘rganishga va’da berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting